«Yo‘l xaritasi»da avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, qurilish materiallari, uy-joy qurilishi, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Hujjat joriy yil aprel-may oylarida ikki davlat rahbarlarining Buxoro va Turkiston shaharlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi tadbirlari nihoyasiga yetdi.

Davlat rahbari Ostona xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.












