Xalqaro huquq “yetim”ga aylanayotgan, “hamma narsa mumkin” bölayotgan bir paytda Markaziy Osiyo davlatlari ham öz tanlovini qilişi kerak: bizga umumiy investitsiya makoni zarur, deydi xalqaro iqtisodiy huquqşunos Alişer Umirdinov.

Uning sözlariga köra, Markaziy Osiyo – özaro investitsiyalarni himoya qiliş töğrisida köp tomonlama bitimga ega bölmagan dunyodagi sanoqli mintaqalardan biri bölib qolyapti.

Biz siz bilan Yaponiyada, sizning kabinetingizda suhbat qilganimizga ham mana, ikki yildan oşibdi.

Şunday.

Oraliq vaqtda nimalar özgardi hayotingizda?

Yaqinda 40 yoşga töldim. Yaponiyada yaşagan umrim salkam 20 yilga yaqinlaşdi. Yana bir sanadan keyin mening Yaponiyada yaşayotgan umrim men vatanim Özbekistonda yaşagan muddatdan köpayib ketadi. Iş joyim ham özgardi. Nagoya Iqtisodiyot universitetidagi işim bilan, sakkiz yillik qadrdon universitetim bilan xayrlaşib, özim öqişini bitirgan va mamlakatimiz prezidenti ham faxriy doktorlik unvonini olgan Nagoya universitetiga alohida tayinlangan professor ölaroq qaytib kelib, asosan öqitişdan köra ilmiy tadqiqotlar bilan şuğullanişni boşladim.

Siz xalqaro iqtisodçisiz, töğrimi?

Xalqaro iqtisodiy huquqşunos.

Hozirgi vaziyatdan kelib çiqib, hozirgi öziga xos bir holatni, xalqaro huquq bilan boğliq vaziyatni hisobga oladigan bölsak, yaponlar bu vaziyatdan çiqib ketişni, omon qoliş yöllarini qanday izlaşyapti, nima qilişyapti?

Juda murakkab savol. Avvalo aytiş kerakki, hozirda huquqşunoslik, yurisprudensiya fanlarini öqitiş qiyin bölyapti, çunki xalqaro xuquq eng qiyin davrni boşidan keçiryapti. Bölayotgan voqealardan xalqaro huquq önglanmas jarohatlar olyapti. Va bu narsani Yaponiyadagi xalqaro huquq assotsiatsiyasi professorlari tilga keltiryapti. Ikkinçi jahon uruşidan keyin xalqaro huquq eng qattiq darajada – ildizidan silkinmoqda. Fundamental özgarişlar arafasida turgandek tuyulmoqda. Albatta, kelajakni heç kim bilmaydi, ammo Birlaşgan Millatlar Taşkilotining nizomidagi eng muhim, eng muqaddas sanalgan qoidalar ham oçiqdan oçiq yöq sanalmoqda.

Bu vaziyatda Yaponiya nima qilyapti deydigan bölsak, Yaponiya xavfsizlik masalasida Ğarb davlatlari, xususan Amerika Qöşma Ştatlari bilan Ikkinçi jahon uruşidan keyin çambarças boğlangan davlat hisoblanadi. Yaponiya Amerika Qöşma Ştatlarining yadroviy soyaboni ostiga kirgan davlat hisoblanadi. Misol uçun, 2017 yildagi yadro qurolini işlab çiqariş, saqlaş, uni rivojlantirişni butkul taqiqlaş töğrisidagi yangi xalqaro konvensiyaga, şartnomaga, Yaponiya davlati kirgani yöq. Vaholanki, Yaponiya dunyoda yagona yadroviy qurol orqali zarba olgan davlat. Çunki Şimoliy Koreyaning köpayayotgan yadroviy arsenali va Xitoyning köpaytirayotgan yadroviy arsenali fonida uşbu şartnomalarga kirişimiz bizni Amerika Qöşma Ştatlarining yadroviy soyabonidan va uning himoyasidan mahrum qiladi, degan öta jiddiy qaraş bor. Va bu narsani yapon siyosatçilari ham tilga olyapti.