Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zaro janglarni vaqtincha to‘xtatdi
Urushdagi tanaffus 19 martdan 24 martgacha davom etadi.
Afg‘oniston Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya iltimosiga ko‘ra Pokistonga qarshi jang harakatlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Afg‘oniston hukumati vakili Zabihullo Mujohid X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Avvalroq Pokiston axborot va teleradioeshittirishlar vaziri Attaullo Taror X ijtimoiy tarmog‘ida Pokiston Afg‘onistonga qarshi jang harakatlarini vaqtincha to‘xtatgani haqida yozgandi.
Uning bildirishicha, Pokiston Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya iltimosiga ko‘ra jang harakatlarini to‘xtatishga qaror qilgan. Tanaffus 19 mart tundan 24 mart yarim tungacha davom etadi.
Tomonlar o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish qarorini yaqinlashayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan qabul qilgan.
Afg‘oniston fevral oxirida Pokistonga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026