Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Tula viloyatida vaqtinchalik saqlash markazidagi bir guruh yurtdoshlar O‘zbekistonga qaytariladi
Ikki tomonlama muzokaralar natijasida markazda uzoq vaqtdan buyon saqlanib kelayotgan bir guruh fuqarolarni yaqin kunlarda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Rossiyaning Tula viloyatidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida elchixonaning bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov muassasada saqlanayotgan o‘zbekistonliklarning yashash va ovqatlanish sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha Rossiya tomoni bilan qator muzokaralar o‘tkazdi.
Markaz rahbariyati va Rossiya Ichki ishlar vazirligining viloyat boshqarmasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda fuqarolarimizning hujjatlarini tezkorlik bilan rasmiylashtirish va ularni qisqa fursatda vatanga qaytarish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida markazda uzoq vaqtdan buyon saqlanib kelayotgan bir guruh fuqarolarni yaqin kunlarda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026