O‘zbekiston | 14:37
1573
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat +30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Ish haftasi oxirigacha O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari +10…+15, kunduz kunlari +23…+28 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda +30…+32 darajagacha isiydi.

Foto: Kun.uz

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat 26 martda va 27 martga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Havo harorati asosan kechalari +10…+15 daraja, kunduz kunlari +23…+28 daraja, respublika shimolida va cho‘l hududlarida ayrim kunlarda +30…+32 darajagacha isiydi.

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 24–26 martda +23…+26 daraja, 27 martda +27…+29 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +10…+15 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid