Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik kengashi yig‘ilishiga taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Mayamida o‘tadigan G20 sammitiga taklif etdi.
Foto: Reuters
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampdan maktub keldi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Amerika yetakchisi o‘z maktubida O‘zbekiston rahbarining 2026 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishidagi ishtirokini yuksak baholadi.
Maktubda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ulkan natijalarga erishayotgani ta’kidlanib, mamlakatga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirilgan.
O‘z navbatida, prezident Donald Tramp davlat rahbarini Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga, shuningdek, Mayamida o‘tadigan G20 sammitiga taklif etdi.
«Yaratgan Sizni va O‘zbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin», deyiladi maktubda.
Ma’lumot uchun, Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2027 yil boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. G20 sammiti esa 2026 yil dekabrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:35 / 25.05.2026
AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga qarshi yangi suiqasd deb atadi
21:30 / 25.05.2026
Urushning uch oyi o‘tdi: Tramp Eronda yutqazyaptimi?
14:18 / 24.05.2026
AQSh tez orada Eron bilan tinchlik bitimi e’lon qilishi mumkin
12:40 / 24.05.2026