Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh va Isroilni uran konsentrati ishlab chiqaruvchi zavodga zarba berishda aybladi
Zarbalar paytida hech kim halok bo‘lmagan, hozir aholi uchun radiatsiya xavfi ham yo‘q.
AQSh va Isroil Eronning Yazd viloyatidagi Erdekan shahrida joylashgan uran konsentrati ishlab chiqaruvchi zavodga hujum qildi. Bu haqda Eron atom energetikasi tashkiloti ma’lum qildi.
Bugun Eron rasmiylari Eronning Xondab shahridagi og‘ir suvli tadqiqot reaktoriga Amerika-Isroil hujumi haqida ham xabar berdi. Zarbalar paytida hech kim halok bo‘lmagan, hozir aholi uchun radiatsiya xavfi ham yo‘q.
24 mart kuni Eron rasmiylari Eron-Rossiya qo‘shma loyihasi bo‘lgan «Busher» atom elektr stansiyasi hududiga zarbalar berilganini e’lon qildi. «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachev so‘zlariga ko‘ra, «jiddiy qoidabuzarliklar va vayronagarchiliklar yo‘q».
AQSh va Isroil qurolli kuchlari 28 fevral kuni Eronga hujum qildi. Bunga javoban Tehron Isroil hududi va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi Amerika harbiy bazalariga zarbalar bera boshladi, shuningdek, Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishini chekladi.