Ayollar dunyosi | 19:00 / 27.03.2026
729
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

HONOR ayollarning kundalik hayotdagi roliga bag‘ishlangan kampaniyasini taqdim etdi

Foto: HONOR

HONOR brendi ayollarning ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan kundalik g‘amxo‘rligi va qo‘llab-quvvatlashi haqida «Ko‘rinmas lahzalarga yangicha nigoh» kampaniyasini taqdim etdi. Loyiha videorolik, UGC chellenji va shaxsiy hikoyalarni birlashtirib, minglab insonlarga ayollarning «ko‘rinmas» hissasini namoyon etdi.

Dunyo bo‘ylab ayollarning kundalik hayotga qo‘shgan hissasi jamiyatdagi muhim ahamiyatiga qaramay, ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. G‘amxo‘rlik, diqqat-eʼtibor va hissiy qo‘llab-quvvatlash jismoniy iz qoldirmaydi, shuning uchun atrofdagilar uchun ko‘rinmas bo‘lib qoladi. Aynan shu qadriyatni ko‘rsatish maqsadida HONOR Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab «Ko‘rinmas lahzalarga yangicha nigoh» kampaniyasini o‘tkazdi.

Kampaniya doirasida ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan kundalik g‘amxo‘rlik lahzalarini namoyish etuvchi ijodiy video taqdim etildi. Videoda HONOR 400 Pro smartfonining AI Image to Video funksiyasi ishlatilgan bo‘lib, u harakatsiz kadrlarga dinamika bag‘ishlash va oddiy sahnalarni yangicha ochib berish imkonini beradi.

UGC chellenj o‘tkazilib, uning doirasida foydalanuvchilar bir necha ming repost qildi va hayotlaridagi muhim ayollarga minnatdorchilik so‘zlarini ulashdi. Bosh mukofot — HONOR 400 Pro sohibasi Madina Utaboyeva smartfonni singlisiga sovg‘a qildi.

Bu kampaniyaga yuzlab odamlar qo‘shildi va o‘zlarining samimiy, shaxsiy va muhim hikoyalarini ulashdi. Uni millionlab kishilar tomosha qildi, yaqinlariga yubordi va o‘z tajribasi orqali his qildi. Natijada kampaniya 50 mingdan ortiq foydalanuvchini qamrab oldi va 5 milliondan ziyod odamlarning e’tiboriga tushdi.

Mashhur aktrisa Ra’no Shodiyeva loyihaning alohida ramziga aylandi — u o‘zining shaxsiy hikoyasini ulashdi va kampaniya ambassadori bo‘ldi. Ba’zi so‘zlar esa telefon ekranlaridan ham chiqib, keng omma qalbidan joy oldi.

9 martdan 16 martagacha eng ta’sirchan xabarlar Toshkent markazidagi LED ekranda namoyish etildi — bu «ko‘rinmas» lahzalar sezilarli bo‘lishi mumkinligi va bo‘lishi shart ekanining ramziga aylandi.

HONOR haqida

HONOR – global miqyosdagi yetakchi intellektual qurilmalar ekotizimi kompaniyasidir. Kompaniya sun’iy intellekt davrida inson va qurilma o‘rtasidagi aloqalarni inqilobiy tarzda o‘zgartirishga intiladi.

HONOR O‘zbekistonning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:

Facebook: fb.com/honoruzbekistan/

Instagram: instagram.com/honoruzbekistan/

Telegram: t.me/HonorUzbekistan

YouTube: youtube.com/@Honor-Uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid