Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp shaxsan AQSh Oliy sudidagi eshituvga keldi
Donald Tramp AQSh Oliy sudidagi tinglovlarda ishtirok etish imkoniyatidan foydalangan amaldagi birinchi prezidenti bo‘ldi. U sud zalida ikki soatdan kamroq vaqt o‘tkazdi. Sud tug‘ilish huquqi bo‘yicha fuqarolikni berishni taqiqlash masalasida eshituvni o‘tkazdi.
Foto: Reuters
Prezidentning sud muzokaralarida ishtirok etishini taqiqlovchi hech qanday qoida yoki qonun mavjud emas. Biroq, tanqidchilar uning ishtirokini e’tiborni chalg‘itish va sud qaroriga ta’sir o‘tkazishga urinish sifatida baholashi mumkin.
BBC nashriga ko‘ra, Tramp hokimiyatga qaytganining birinchi kunidayoq mamlakatda noqonuniy yoki vaqtincha bo‘lgan ota-onalardan tug‘ilgan bolalarga avtomatik fuqarolik berishni to‘xtatishni buyurdi. Prezidentning sudga noodatiy tashrifi Amerika uchun muhim bo‘lgan bu ishda qanchalik ko‘p narsa xavf ostida ekanini anglatadi.
Bu Tramp ikkinchi muddatini boshlaganidan beri Oliy sud tomonidan immigratsiya bilan bog‘liq birinchi ish bo‘ladi. Sud Trampning immigratsiya siyosatiga oid boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqdi, biroq hozircha uning choralarini tasdiqlovchi yoki bekor qiluvchi yakuniy qaror chiqarmadi.
Trampning tug‘ilganlik huquqi bo‘yicha fuqarolikni bekor qilish to‘g‘risidagi farmoni uning millionlab noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish bo‘yicha kengroq strategiyasining asosiy elementi emas. Shunga qaramay, bu g‘oya o‘nglar orasida mashhur bo‘lib, uning immigratsiya dasturida uzoq vaqtdan beri mavjud.
Agar sud farmonni qonuniy deb topsa, Tramp g‘alaba qozonganini e’lon qilishi va bundan MAGA saylovchilarini noyabr oyidagi oraliq saylovlar oldidan safarbar qilish uchun foydalanishi mumkin.
Eshituv tugagach, Tramp o‘zining Truth Social veb-saytida AQSh «dunyoda «tug‘ilish huquqi bo‘yicha fuqarolikka» ruxsat beradigan yagona ahmoqona davlat» ekanini yozdi.
AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatishda aytilishicha, «Qo‘shma Shtatlar hududida tug‘ilgan barcha shaxslar Qo‘shma Shtatlar fuqarosidir». Keyinchalik sudlar bu ta’rifni keng talqin qildir va xususan, 1898 yildayoq u migrantlarning bolalariga ham taalluqli degan qarorga keldi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar Oliy sud Tramp ma’muriyatining pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlasa, AQShda har yili tug‘iladigan 250 minggacha bolaning huquqiy maqomi shubha ostida qolishi mumkin. Bundan tashqari, millionlab oilalar o‘z farzandining fuqaroligini tasdiqlashiga to‘g‘ri keladi.
Yakuniy qaror Oliy sud sessiyasi oxirida, iyun yoki iyul oyi boshida qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:24 / 01.04.2026
«Aslo unutmaymiz» - Amerika NATOda yakkalanib qoldi
19:36 / 01.04.2026
Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi
18:44 / 01.04.2026
Sudlardan norozi erkak Oliy sud qarshisidagi daraxtga chiqib oldi
18:28 / 01.04.2026