Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
Loyihaga ko‘ra, yangi aeroportda uzunligi 3,3 kilometr bo‘lgan, barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniga ega uchish-qo‘nish yo‘lagi, shuningdek, soatiga 1200 nafar yo‘lovchiga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega aerovokzal majmuasi quriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga safari chog‘ida 10 aprel kuni shaharning yangi aeroportini barpo etish loyihasi bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari 2024 yilda Buxoro viloyatiga tashrifi davomida hududning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida yangi xalqaro aeroportni barpo etish bo‘yicha muhim topshiriq bergan edi.
Ushbu transport inshooti hamda unga tutash infratuzilmani barpo etish uchun shahar tashqarisidan jami 370 gektar yer maydoni ajratilgan. Loyiha doirasida aeroportga olib boruvchi avtomobil yo‘li ham qurilmoqda. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrni tashkil etib, shundan 2,7 kilometri yangi yo‘l, 21,1 kilometri esa rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 9 ta yer osti piyodalar o‘tish joyi va 8 ta ko‘prik barpo etilishi nazarda tutilgan.


Loyihaga ko‘ra, yangi aeroportda uzunligi 3,3 kilometr bo‘lgan, barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniga ega uchish-qo‘nish yo‘lagi, shuningdek, soatiga 1200 nafar yo‘lovchiga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega aerovokzal majmuasi quriladi.
– Biz Buxoro viloyati aholisi, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun zamonaviy va qulay xizmat ko‘rsatadigan aeroport barpo etishni maqsad qilganmiz. Shunday ekan, ushbu aeroport jahon standartlari talablariga to‘liq mos bo‘lishi shart, – dedi prezident.
Mavzuga oid
19:09 / 20.05.2026
Shavkat Mirziyoyev turli sohalardagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026