Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil armiyasiga Eronga hujum qilishga tayyorlanish buyurildi – OAV
Qayd etilishicha, Isroil harbiy razvedka boshqarmasi Erondagi zarba beriladigan nishonlar ro‘yxatini tuzmoqda.
Isroil mudofaa armiyasi bosh shtabi boshlig‘i (TsAXAL) Eyal Zamir mamlakat qurolli kuchlarini yuqori darajadagi harbiy shaylik holatiga keltirishni buyurdi. U “yaqin kelajakda” Eronga qarshi harbiy operatsiya qayta tiklanishi mumkinligini aytdi, deb xabar berdi Ynet nashri o‘z manbalariga tayanib.
Nashr suhbatdoshlarining ma’lumot berishicha, TsAXAL avvalgi operatsiyalarga o‘xshash harbiy harakatlarga tayyorlanmoqda. Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, «barcha rejalashtirish jarayonlari» tezlashgan.
Shu bilan birgalikda, Isroil harbiy razvedka boshqarmasi Erondagi zarba beriladigan nishonlar ro‘yxatini tuzmoqda, deb yozadi Ynet. Nashrning ma’lumot berishicha, gap birinchi navbatda raketa tizimlari haqida bormoqda.
12 aprel kuni Pokistonda Eron va AQSh o‘rtasida muzokaralar yakunlandi. AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Eron Amerika tomonining shartlarini qabul qilmagani va yadro qurolini ishlab chiqish niyatidan voz kechishni xohlamayotganini aytdi. Eron tashqi ishlar vazirligi esa tomonlar ikki-uchta masala bo‘yicha kelisha olmaganini ma’lum qilib, muzokaralar davom etishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
19:50 / 24.05.2026
Rubio Eron bilan muzokaralarda «sezilarli o‘sish» borligini aytdi
14:18 / 24.05.2026
AQSh tez orada Eron bilan tinchlik bitimi e’lon qilishi mumkin
19:51 / 22.05.2026
Eron va O‘mon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
18:13 / 21.05.2026