Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Samarqandda transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi
Prezident Administratsiyasi rahbari tadbir ishtirokchilariga Shavkat Mirziyoyev murojaatini yetkazdi. Shuningdek, forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdi.
20 aprel kuni Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
Unda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

«Forum ishtirokchilariga — 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspert va mutaxassislar, shuningdek, BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va ShHT kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar delegatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatini yetkazish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus ta’sis etilgan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdi. Unda uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kompleks kurashishda qo‘llaniladigan zamonaviy raqamli texnologiyalar, texnik vositalar va maxsus uskunalar namoyish etildi.
«Mamlakatimiz ishtirokchi-davlatlar uchun narkotrafik, xavfli yuklar va transmilliy jinoyatchilikni tezkor kuzatib borish imkonini beruvchi yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusini ilgari surdi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.









Mavzuga oid
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026