BMTning Nyu Yorkdagi boş qarorgohida yuqori darajadagi siyosiy forumning yalpi sessiyasida boş kotib dunyoning hozirgi ahvoli haqida çiqiş qildi. 15 daqiqalik nutqida u faqat bir marta uruşlarni töxtatişga çaqirdi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar oğir qarz yuklari, valutalarning zaiflaşuvi, çeklangan fiskal imkoniyatlar, kreditlaş xarajatlarining oşişi taşkilot rejalarini çippakka çiqarganini qöşimça qildi.
7 iyuldan beri BMT boş qarorgohida yuqori darajadagi siyosiy forum bölib ötmoqda. Unda a’zo davlatlardan delegatsiyalar, hukumat a’zolari hamda taşkilotdagi missiyalar vakillari qatnaşmoqda. Asosiy mavzu – 2030 yilgaça belgilangan barqaror rivojlaniş maqsadlari hamda ularning borişi. Taşkilotga köra, tuzilgan rejalar jiddiy tösiqlarga uçradi, ularning yarmini ham amalga oşiriş imkonsiz.
13 iyul kuni BMT boş kotibi Antoniu Guterriş forum yalpi sessiyasida çiqiş qilarkan, bugungi dunyoga nazar soldi. Bundan 10 yil avval boşlangan safarimiz jiddiy tösiqlarga uçradi, lekin ba’zi yutuqlarga ham erişdik. Masalan, onalar va bolalar ölimi darajasi pasaydi, ijtimoiy himoya kuçaydi, toza içimlik suvi va sanitariya, elektr energiyasi, internetdan foydalaniş imkoniyatlari kengaydi, deydi u.
“Afsuski, biz eng qiyin davrdamiz. Mojarolar köpaymoqda, eng oliy hokimiyatlarni tengsizlik qamrab oldi. Millionlab odamlar uzoq davom etadigan azob-uqubatlar, beqarorlik hamda köçmançilik girdobida qolib ketmoqda”, deya ta’kidladi Guterriş.
Boş kotibning qöşimça qilişiça, rivojlanayotgan mamlakatlar oğir qarz yuklari, valutalarning zaiflaşuvi, investitsiyalar yetişmasligi, kreditlaş xarajatlarining oşişi hamda çeklangan fiskal imkoniyatlar tufayli yuzaga kelgan moliyaviy muammolar qurşovida qolmoqda.
Antoniu Guterriş qariyb 15 daqiqalik çiqişida faqat bir marta uruşlarni, jumladan, Ğazo, Livan va Fors körfazidagi öt oçişlarni töxtatişga çaqirdi. Yaqin Şarqdagi mojaro tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasini işdan çiqarişdan taşqari, yoqilği, öğitlar, oziq-ovqat narxlarining keskin oşişiga olib keldi, global savdo, transport hamda turizmni izdan çiqardi, deydi u.
Şuningdek, boş kotib davlatlardan xalqaro huquqqa muvofiq milliy navigatsiya huquqlari hamda erkinliklaridan foydalanişni hurmat qilişni söradi.
BMTning 2026 yilgi hisobotiga köra, 2030 yilgaça qöyilgan maqsadlardan atigi 36 foizi öz maromida bormoqda xolos. Bundan taşqari, hozirgaça erişilgan yutuqlarga qaramay, bugun dunyoda taxminan 2,2 mlrd kişi xavfsiz boşqariladigan içimlik suviga ega emas, 3,5 mlrd kişi esa normal sanitariya talablari asosida suv içmaydi.
















