Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qonunchilik kengashi yig‘ilishida parlament a’zolari oldida so‘zlagan nutqida yozuvchi Aleksandr Soljyenitsinning hokimiyat haqidagi so‘zlarini esladi.
Foto: kremlin.ru
Kreml rahbari bu yil to‘qqizinchi chaqiriq Davlat Dumasiga saylov o‘tkazilishini eslatib, bo‘lajak nomzodlarga «ham federal, ham boshqa darajadagi saylovda» omad tiladi.
«Shu munosabat bilan Aleksandr Isayevich Soljyenitsinning 1994 yilda Davlat dumasida aytgan so‘zlarini eslatib o‘tmoqchiman. Aleksandr Isayevich shunday dedi: «Hokimiyat — bu partiyalar raqobatidagi o‘lja emas, bu mukofot emas, bu shaxsiy shuhratparastlik uchun ozuqa emas. Hokimiyat - bu og‘ir yuk, bu mas’uliyat, majburiyat va mehnat, mehnat. Menimcha, juda o‘z vaqtida, juda aniq aytilgan», dedi Putin.
Putin o‘z nutqi davomida parlament a’zolariga ular nafaqat qonun chiqaruvchi, balki vakillik hokimiyati ekanini va qonunlarni qabul qilar ekan, ularning ijrosini nazorat qilishi, buning uchun esa odamlar bilan doimiy aloqada bo‘lishlari kerakligini eslatdi.
«Ularning fikrini eshitish va hurmat qilish, qonunlar hayotdan uzilib qolmasligi uchun real, hatto ba’zan oddiy tuyulgan vaziyatlardan uzoqlashish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va odamlar manfaati yo‘lida tezroq qaror qabul qilish kerak», deb qo‘shimcha qildi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda parlamentdagi barcha partiyalar, barcha hududlar asosiy masalalar bo‘yicha «hamjihatlik bilan, yagona pozitsiyada chiqmoqda».
Aleksandr Isayevich Soljyenitsin (1918-2008) — rus yozuvchisi, dramaturg, publitsist, jamoat va siyosat arbobi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati (1970). 1945 yilda yozishmalarda Stalinni tanqid qilgani uchun hibsga olingan. 8 yil lagerga va umrbod surgunga hukm qilingan. 1956 yilda oqlangan. U XX asrning eng nufuzli dissidentlaridan biri bo‘lib, asarlari totalitarizmni fosh etishda va rus ma’naviy an’analariga bo‘lgan qiziqishni qayta tiklashda katta rol o‘ynagan.
Mavzuga oid
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
17:40 / 27.04.2026
“Rossiya jamiyatida urushga nisbatan charchoq ortib boryapti” - siyosatshunos
00:04 / 27.04.2026
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga boradi
22:54 / 25.04.2026