Nizom nobud bölgan hayvonlar jasadlarini közdan keçiriş, taşiş, vaqtinça saqlaş va krematsiya qiliş tartibini belgilaydi.

Krematsiya – nobud bölgan hayvonlarning jasadini maxsus texnik uskunalar (krematoriy) yordamida yuqori haroratda yondiriş orqali ularning biologik qoldiqlarini töliq yöq qiliş usuli.
Nizomga muvofiq:

  • hayvon nobud bölgani aniqlanganda uning egasi şu kunning özida mas’ullarga xabar berişi lozim;

  • jasad maxsus transport yoki yopiq konteynerda krematoriyga olib boriladi;

  • krematsiyagaça maxsus joyda saqlanadi, saqlaş muddati qoidaga köra 24 soatdan oşmaydi;

  • yuqumli kasallik aniqlanganda yoki ölim sababi noma’lum bölganda krematsiya amalga oşiriladi;

  • krematsiyadan keyin qolgan kul va qoldiqlar yöq qilinadi hamda dalolatnoma rasmiylaştiriladi.

Xavfsizlik talablariga köra, xodimlar şaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi, foydalanilgan joylar va uskunalar dezinfeksiya qilinadi, jasadni oçiq holda taşiş va saqlaş taqiqlanadi.