Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
U savdo shoxobchasining hujjatlarini rasmiylashtirish va gaz tarmog‘iga ulash evaziga katta miqdorda pul talab qilgan.
Toshkent shahrining Sergeli tumani gaz ta’minoti bo‘limida ishlovchi mas’ul shaxs 21 ming dollar olayotganida ushlandi.
U tuman hududida joylashgan, hujjatlari noqonuniy bo‘lgan savdo shoxobchasini tanishlari orqali 16 ming dollarga rasmiylashtirish hamda ushbu savdo do‘koniga gaz tarmog‘ini ulash uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilib, 5 ming dollar talab qilib, jami talab qilingan 21 ming dollarni murojaatchidan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi to‘rtinchi qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 211-moddasi (pora berish) birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:20 / 20.06.2026
Tezkor tadbirlarda ikki bank xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
20:41 / 17.06.2026