Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tdi
Buxoro shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Ozarboyjon va Turkmaniston parlamentlari rahbarlari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston parlamentlari rahbarlarining o‘rinbosarlari, shuningdek BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur platforma 2020 yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan mintaqa xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Qisqa vaqt ichida u gender tenglik va barqaror rivojlanishni ilgari surishga qaratilgan muhim norasmiy mintaqaviy koalitsiyaga aylangan.
Majlisni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ochib berdi. U o‘z nutqida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash mintaqa taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.



Tadbir doirasida ayollarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi roli, zamonaviy tahdidlar, sun’iy intellekt, ekologiya, barqaror rivojlanish va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar global iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va raqamli transformatsiya sharoitida ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion yechimlar ahamiyati ortib borayotganini qayd etdi.
Shuningdek, “Ilm-fanda ayollar yetakchiligi: hozirgi zamon tahdidlari, innovatsion yechimlar va ilmiy hamkorlik” mavzusida olima ayollar forumi ham bo‘lib o‘tdi. Forumda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon olima ayollari o‘rtasida barqaror ilmiy hamkorlik platformasini yaratish, tajriba almashish va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida ilm-fanni moliyalashtirish, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va ayollar uchun ilmiy sohadagi institutsional to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.



Forum yakunida mintaqada ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan SheScience Central Asia olima ayollarning mintaqaviy tarmog‘ini yaratishni nazarda tutuvchi Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.

Mavzuga oid
17:39 / 12.05.2026
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
07:57 / 07.05.2026
MO davlatlari tuproqni himoya qilish uchun keng ko‘lamli iqlim loyihasini tayyorlamoqda
20:05 / 06.05.2026
Hatto Zelenskiy ham keldi: Yerevandagi sammitlar nimadan darak?
19:32 / 28.04.2026