Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
Rossiya rasmiylari xorijliklarni, jumladan, diplomatlarni «imkon qadar tezroq» Kiyevni tark etishga chaqirdi.
Foto: Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Qurolli kuchlari anneksiya qilingan Luhanskdagi yotoqxonaga berilgan zarbaga javoban Kiyevdagi mudofaa korxonalari, «qaror qabul qilish markazlari» va qo‘mondonlik punktlariga zarba berishi bilan tahdid qildi.
TIV xorijliklarni, jumladan, diplomatlarni «imkon qadar tezroq» Kiyevni tark etishga, shahar aholisini esa «Zelenskiy rejimining harbiy va ma’muriy infratuzilma obektlariga yaqinlashmaslikka» chaqirdi.
Rossiya Ukrainani 22 mayga o‘tar kechasi Luhanskdagi Starobelsk shahriga zarba berishda ayblamoqda. Rossiya rasmiylari pedagogika kolleji yotoqxonasi hujumga uchragani, 21 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi harbiylar Starobelsk hududida Rossiya armiyasining «Rubikon» shtab-kvartirasiga zarba berganini ma’lum qildi.
Vladimir Putin Starobelskka berilgan zarbadan so‘ng harbiylarga «javob» tayyorlashni buyurdi. Rossiya Qurolli kuchlari 24 mayga o‘tar kechasi Kiyevga ommaviy zarba berdi, jumladan, «Oreshnik» raketasidan foydalandi. Oqibatda savdo markazlari va madaniy muassasalarga zarar yetdi, ikki kishi halok bo‘ldi, 81 kishi yaralandi.