Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronda raketa maydonchalariga hujum qildi
AQSh Markaziy qo‘mondonligi - CENTCOM Eron janubidagi bir qator harbiy obektlarga zarba berilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hujumlar “o‘zini himoya qilish maqsadida” amalga oshirilgan.
CENTCOM bayonotida aytilishicha, zarbalar raketa uchirish maydonchalari hamda mina joylashtirishga uringan kemalarga qaratilgan.
Qo‘mondonlik rasmiy vakili Tim Xokinsning so‘zlariga ko‘ra, mazkur harakatlar amerikalik harbiylarni Eron kuchlaridan kelayotgan tahdidlardan himoya qilish maqsadida o‘tkazilgan.
Shu bilan birga, u AQSh amaldagi sulh rejimini saqlashda “o‘zini tiyib turish” siyosatini davom ettirayotganini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasida 8 apreldan buyon o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp esa 25 may kuni Truth Social tarmog‘ida Eron bilan tinchlik muzokaralari “juda yaxshi” ketayotganini bildirgan.
Trampning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasida yo katta kelishuvga erishiladi, yoki muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, urush yanada kuchli ko‘rinishda qayta boshlanishi mumkin.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026