Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eron urani bo‘yicha yangi bayonot berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron ixtiyoridagi boyitilgan uran zaxiralari yoki AQShga olib ketilib, u yerda yo‘q qilinishi, yoki AEXA nazorati ostida joyida bartaraf etilishini ma’lum qildi.
U o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan bayonotida Eron uranini mamlakat hududidan tashqariga olib chiqmasdan turib yo‘q qilish eng maqbul variant ekanini ta’kidladi. Tramp shu bilan birga boyitilgan uranni “yadroviy chang” deb atagan.
AQSh va Isroil Eronning yadroviy dasturini mamlakatga qarshi harbiy harakatlarning asosiy sabablaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda. Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron hozirda 60 foizgacha boyitilgan 440 kilogrammdan ortiq uran zaxirasiga ega.
Mutaxassislar fikricha, ushbu uran qisqa muddat ichida 90 foizgacha boyitilishi mumkin va bu uni yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun yaroqli holatga keltiradi.
Eron rasmiylari esa mamlakat yadroviy dasturi faqat tinch maqsadlarga qaratilganini ta’kidlab kelmoqda. Shu bilan birga, yangi hujumlar sodir bo‘lgan taqdirda uranni yanada yuqori darajada boyitish mumkinligini bildirgan.
Hozircha Tehron AQSh yoki boshqa davlatga boyitilgan uran zaxiralarini topshirish bo‘yicha hech qanday kelishuvni rasman tasdiqlamagan.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026