Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekistonda jinoyat-protsessual tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unda ehtiyot choralarini bekor qilish yoki o‘zgartirish vakolatini faqat sudga berish taklif etilmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, ishni sudga qadar yuritish bosqichida qamoqqa olish, uy qamog‘i va boshqa ehtiyot choralarini bekor qilish yoki o‘zgartirish haqidagi qarorlar endi faqat tergov sudyasi tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Hujjatda prokuror, surishtiruvchi va tergovchining mazkur vakolatlarini cheklash, shuningdek “xabeas korpus” institutini yanada kengaytirish nazarda tutilgan.
Loyiha bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilgan.
Shuningdek, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan o‘ta og‘ir jinoyat ishlarini xalq vakillari ishtirokida ko‘rib chiqish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Hujjat mualliflariga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar sudlarda adolat, shaffoflik va xolislikni kuchaytirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026