«Dunyo» axborot agentligi ma’lum qilişiça, Vladivostok şahridagi Özbekiston Boş konsulxonasiga uşbu hududda vaqtinça yaşab kelayotgan vatandoş M.R. murojaat qilib, 2023 yilda tuğilgan farzandi bilan birga oğir ijtimoiy va moliyaviy ahvolga tuşib qolganini ma’lum qilgan.

Aniqlanişiça, fuqaro 2025 yilda turmuş örtoğining yoniga Rossiyaning Primore ölkasiga kelgan. Biroq joriy yil iyun oyida uning turmuş örtoği noqonuniy mehnat faoliyati bilan şuğullangani uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan uşlanib, sud qarori asosida Özbekistonga deportatsiya qilingan.

Şundan söng, oila boşliğisiz qolgan ayolning topayotgan daromadi ijara uyi, oziq-ovqat va yoş farzandining kundalik ehtiyojlarini qoplaşga yetmay qolgan. Natijada oila oğir moliyaviy ahvolga tuşgan.

Vaziyatni örgangan Özbekiston Boş konsulxonasi xodimlari tezkor çoralar kördi. Migratsiya agentligi huzuridagi jamğarma mablağlari hisobidan ona va farzandi uçun «Vladivostok–Toşkent» yönalişi böyiça bepul aviaçiptalar rasmiylaştirildi.

Şundan söng, vatandoşlar Boş konsulxona xodimlari kuzatuvida Vladivostok xalqaro aeroportidan Özbekistonga soğ-omon jönatildi.

Taşqi işlar vazirligi tizimidagi diplomatik vakolatxonalar xorijda oğir vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolariga huquqiy, taşkiliy va amaliy yordam körsatiş işlarini izçil davom ettirayotganini ta’kidladi.