Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qizilqum cho‘lida anomal yomg‘irlardan so‘ng juda katta ko‘l paydo bo‘ldi
Yangi ko‘l ilgari suvsiz deb hisoblangan Sho‘rbuloq hududida paydo bo‘ldi va bugungi kunda uning maydoni taxminan 80 kvadrat kilometrni tashkil etadi.
Buxoro viloyati, Peshku tumanining Gazli qishlog‘idan shimolda, so‘nggi 6 oy ichida me’yordan uch baravar ko‘p yog‘ingarchilik oqibatida katta suv havzasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Ekologik partiya xabar berdi.
Yangi ko‘l ilgari suvsiz deb hisoblangan Sho‘rbuloq hududida paydo bo‘ldi va bugungi kunda uning maydoni taxminan 80 kvadrat kilometrni tashkil etadi.
Suv havzasi o‘z ko‘lami bo‘yicha Buxoro shahrining maydonidan ancha katta bo‘lib, mamlakatning yirik gidrologik obektlari, jumladan, Chorvoq suv ombori bilan taqqoslanmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘lning shakllanishi nafaqat tabiiy omillar, balki inson faoliyati bilan ham bog‘liq.


Xususan, Suv xo‘jaligi vazirligining baliqchilikni rivojlantirish dasturlari doirasida hududda kichik kanallar qazilib, ular orqali yangi suv havzasiga atrofdagi sizot suvlari yo‘naltirilmoqda. Ko‘lni to‘ldirib turuvchi kollektor kanalining umumiy uzunligi 126 kilometrga yaqin. Qo‘shimcha suv oqimi kuchli yog‘ingarchilikka qo‘shilib, suv massalarining tez to‘planishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026