Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori 16 yoshga to‘lmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilganlikda ayblanmoqda. U 2004 yilgi Olimpiadada bronza medali olgan taniqli bokschi ekani aytilyapti.
Andijonda ichki ishlar xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkani haqidagi xabarlarga viloyat prokuraturasi izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 iyun kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan U.Ya. o‘z uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Tuman prokuraturasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori – ijtimoiy xodimi lavozimida ishlagan S.B. voyaga yetmagan U.M.ni Andijon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyga olib borib, u bilan jinsiy aloqa qilgan.
Holat yuzasidan 4 iyun kuni S.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud ajrimi bilan gumonlanuvchiga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
- 128-moddaning bu bandi – 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lish jinoyati jabrlanuvchiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan sodir etilishini nazarda tutadi. Bunday qilmish 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hozirda Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovning yozishicha, mazkur ishda gumonlanayotgan 41 yoshli mayor 2004 yilgi Olimpiadaning boks bo‘yicha bronza medali sohibi hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
13:52 / 26.05.2026