Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
Ushbu tashabbus o‘tgan oyda Germaniya tomonidan ilgari surilgandi.
NATO mamlakatlari Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish tashabbusini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Politico to‘rt nafar diplomatga tayanib.
Ushbu tashabbus o‘tgan oyda Germaniya tomonidan bildirilgandi. U Ukrainani moliyalashtirish shaffof bo‘lishini kuchaytiruvchi mexanizmni yaratishni ko‘zda tutadi. Qayd etilishicha, bu qator mamlakatlarning Kiyevni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ittifoqchilar o‘rtasida teng taqsimlanmayotgani borasidagi noroziliklari bilan bog‘liq.
Politico manbalarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘zda tutilayotgan mablag‘ning 30 mlrd yevroga teng qismi Ukrainaga ajratiladigan 90 mlrd yevrolik kredit hisobiga, yana 40 mlrd yevro ittifoqchi mamlakatlarning ikki tomonlama majburiyatlari doirasida ajratiladi.
Diplomatlarning ta’kidlashicha, bu borada hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Mazkur tashabbus bo‘yicha dastlabki kelishuvga NATO mudofaa vazirlarining kelasi oyda o‘tkaziladigan uchrashuvida erishilishi mumkin.
NATOning 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash eng asosiy mavzulardan biri bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026