Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar uchun munosib kelajakni ta’minlovchi iqtisodiyotni barpo etamiz - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Moody’s” xalqaro agentligi tomonidan O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib, “barqaror” prognozi bilan “Ba2” darajasida belgilanganini olqishladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu — yanada qulay shartlardagi investitsiyalar, arzon moliyaviy resurslar, yangi korxonalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari demak.
«Prezidentimiz rahbarligida mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli harakatlar natijasidir.
Mazkur ko‘rsatkich amalda nimani anglatadi? Bu — yanada qulay shartlardagi investitsiyalar, arzon moliyaviy resurslar, yangi korxonalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari demak.
Oldinda hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bosh maqsadimiz O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib kelajakni ta’minlovchi kuchli, ochiq hamda raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishdir», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
11:00 / 02.07.2026