30 Iyul

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani markazidagi “Yangiqo‘rg‘on – Yangibozor” yo‘nalishida 65 yoshli Damas haydovchisi Mehrixon Halimovani barcha birdek taniydi. Shijoatli ayol yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadi.

Farg‘ona viloyatida adliya organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida joriy yilda 5 mingdan ziyod qonunbuzilish holati aniqlandi.

27 Iyul

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida juda ko‘p miqdordagi xorijiy valutani noqonuniy ravishda qo‘shni davlatga olib chiqilishi oldi olindi.

25 Iyul

2020 yilda Farg‘ona tumani Mindonobod dahasida kam ta’minlangan aholi uchun issiqxona qurilgan edi. Biroq suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagani bois aholi issiqxonadan daromad olmadi. Daromad uyoqda tursin, oyma-oy kredit to‘lashyapti. Bu orada issiqxonaga yopilgan plyonkalar ikki marta shamoldan uchib ketgan.

Diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatishda ayblanib, 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan farg‘onalik blogerlarning apellyatsiya shikoyati 24 iyul kuni JIB Farg‘ona viloyat sudida ko‘rib chiqildi. 

23 Iyul

Farg‘onadagi bog‘larda meva yig‘im-terimi avjiga chiqqan. Kunlik ishga chiquvchilarning qo‘li qo‘liga tegmaydi. Bugungi kunda asosan shaftoli, olma, olxo‘rilar terilib, chetga eksport qilinyapti. 53 yoshli Sayyora Boyg‘onova ana shu ishlarda jonbozlik ko‘rsatayotganlardan.

22 iyul kuni farg‘onalik blogerlar Olimjon Haydarov va Komiljon Ahmedovlar diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatishda ayblanib, 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

22 Iyul

Joriy yilning 25 iyulidan 28 iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda yuqori harorat foni kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Nukus shahridagi dehqon bozorida 45 000 so‘mdan mol go‘shti sotilmoqda.

19 Iyul

Farg‘ona tarixi va madaniyati davlat muzeyida 2,5 mlrd so‘mlik 70 ta noyob eksponat qalbakilashtirilgani aniqlandi. Shuningdek, 2011 yilda muzeydan Farg‘ona viloyati IIBga jami 21 nomdagi ashyolar olib ketilgan. Ulardan 14 tasi 2016-2020 yillar davomida muzeyga qaytarilgan, qolgan 7 ta rang-tasvir asarining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi. 

Hududlarning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Ko`proq yangiliklar
Top