Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, JIB Qöqon şahar sudi tomonidan 22 iyulda çiqarilgan qarorning Olimjon Haydarovga oid qismi bekor qilinib, iş qöşimça suriştiruv ötkaziş uçun Qöqon şahar IIBga yuborilgan.

Şunday qilib, birinçi instansiyada 15 sutkaga qamalgan bloger oradan ikki kun ötib ozod qilindi. Sud undan ikki sutka ma’muriy qamoqda saqlangan kuni uçun 90 ming söm qamoq xarajatlari undiriş böyiça ajrim çiqargan.

Birinçi instansiya sudi qarorining Komil Ahmedovga tegişli qismi esa özgarişsiz qoldirilgan.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Olimjon Haydarov özi bilan birga qamalgan bloger Komil Ahmedov ajrimdan norozi ekanligini, ayni vaqtda Oliy sudga kassatsiya tartibida şikoyat kiritişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi.

«Birinçi sudda ham menga oid dalillar yöq edi. Öşa post ostiga meni ism-familiyam qöyib tarqatilgan. Şu sababli iş qöşimça suriştiruvga qaytdi.

Hozir Komil aka Oliy sudga kassatsiya şikoyati yozmoqçi», - deydi Olimjon Haydarov.

Eslatib ötamiz, 22 iyul kuni farğonalik blogerlar Olimjon Haydarov va Komiljon Ahmedovlar diniy adovatni tarğib qiluvçi materiallar tarqatişda ayblanib, 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Blogerlar tomonidan tarqatilgan post matni Din işlari böyiça qömitaning ekspertiza xulosasiga köra, davlat idoralari vakillari faoliyatiga notöğri baho berilgan hamda islom diniga e’tiqod qiluvçi fuqarolarda xristian diniga e’tiqod qiluvçi fuqarolarga nisbatan diniy adovatni tarğib qiluvçi xususiyatda, deb topilgan edi.