Foto: Facebook / Komiljon Ahmedov

Ma’lum qilinişiça, Komiljon Ahmedov özining Facebook'dagi «Qöqonjonim» kanalida «Qöqon şahrida noqonuniy çerkov faoliyat olib bormoqda» sarlavhali post qoldirgan. Uşbu postni bloger Olimjon Haydarov ham özining sahifasida qayta ulaşgan. Keyinroq ikkala blogerlar ham mazkur postlarni öçirib taşlagan.

Şundan söng, postda nazarda tutilgan Qöqon şahridagi «Vozrojdeniye» nomli «Yevangel» xristianlari çerkovi pastori A.Ayrapetov tomonidan Qöqon şahar IIBga şikoyat qilinadi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, Qöqon şahrida joylaşgan mazkur çerkov 2019 yildan boşlab Adliya vazirligidan röyxatdan ötib, rasmiy faoliyat yuritib kelayotgani ma’lum bölgan. Şuningdek, blogerlar tomonidan tarqatilgan postdagi matn Din işlari böyiça qömitaning ekspertiza xulosasiga köra, davlat idoralari vakillari faoliyatiga notöğri baho beriş holati hamda islom diniga e’tiqod qiluvçi fuqarolarda xristian diniga e’tiqod qiluvçi fuqarolarga nisbatan diniy adovatni tarğib qiluvçi xususiyatlar mavjud, deb topilgan.

22 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudi tomonidan körilgan işda K.Ahmedov haqiqatan ham özining «Qöqonjonim» kanalida yuqoridagi postni joylaganini, biroz vaqt ötganidan söng uşbu postni öçirib taşlaganini va holat tegişli organlar tomonidan nazoratga olinişi söraganini aytgan.

Foto: Facebook / Olimjon Haydarov

O.Haydarov esa sudda bunday post joylamaganini ta’kidlagan.

«Sudda huquqbuzar O.Haydarov haqiqatan ham raqamiga rasmiylaştirilgan «Olimjon Haydarov» nomli akkaunti orqali «Olimjon Haydarov» nomli kanal oçganini, uşbu kanalga turli mavzuda postlar qöyib kelişini, 2022 yil 26 iyun kuni «Facebook» ijtimoiy tarmoğida Farğona viloyati, Qöqon şahri, Çust köçasida joylaşgan noqonuniy Rus çerkovi töğrisidagi xabarga közi tuşganini, lekin u «Facebook» ijtimoiy tarmoğiga joylamaganini, uning nomidan boşqa bir şaxs qöygan bölişi mumkinligini, u diniy adovatni tarğib qiluvçi materiallarga munosabat bildirib post qoldirganini, uşbu diniy holatni nazoratga olişlarini söraganini, uşbu noma’lum şaxs tomonidan qöyilgan postdagi matnlar notöğri ekanini, xulosa boşqa kanaldan olinganini, «Qöqonjonim» kanaliga aloqasi yöqligini aytib körsatuv berdi.