25 Avgust

Hozirda XTV tomonidan bir nechta variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Unga ko‘ra darslar 20 sentabrgacha onlayn tashkil etiladi yoki sammit o‘tkaziladigan haftada kechiktirib turiladi.

24 Avgust

Samarqand shahrining Alisher Navoiy va Shohrux ko‘chalarida joylashgan, XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid bir necha obidalar muzeyga aylantiriladi. Ularda millatlararo do‘stlik va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik mavzulari ustuvor bo‘ladi.

Narpaylik yigit o‘z “qurbonlari”ga ular go‘yoki “Samsung A-72” telefonini yutib olganini aytib, karta ma’lumotlari va telefoniga kelgan SMS'dagi kodni so‘ragan. Eslatib o‘tamiz, bank kartalaridagi pullarning o‘g‘irlanishi deyarli barcha holatlarda telefonga SMS bo‘lib kelgan kodni begonaga aytish ortidan ro‘y beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari 24 avgust kuni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

23 Avgust

“Har qanday sayyohni qadimiy afsonalar olamiga, tarixiy obidalar dunyosiga olib kiradigan tom ma’nodagi noyob loyiha” – prezident Samarqand turizm markazi tarkibidagi “Boqiy shahar” me’moriy ansamblini shunday ta’rifladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi xalqaro turizm markazi ochilishiga bag‘ishlangan bayramda so‘zga chiqib, kelgusida bunday majmua Buxoro shahrida ham qurilishini aytdi. “Bu kabi loyihalarni respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirish bo‘yicha ham rejalarimiz bor”, dedi prezident.

Samarqandda xalqaro turizm markazi ochiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati 2022 yil 12 sentabrdan 20 sentabrgacha Samarqand xalqaro aeroportiga rejalashtirilgan bir qator aviaqatnovlar bekor qilinganini ma’lum qildi.

Imom al-Buxoriy Buxoroning aynan qayerida yashagani hanuzgacha noma’lum. Kun.uz Buxoriy yashagan joy bo‘yicha tarixchilar bilan suhbatlashib, taxminlar haqida so‘radi. Soha vakillari manzilgohni topishda tashabbus ko‘rsatsa, bu – O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishi mumkin.

22 Avgust

Shu yil 9 avgust kuni Samarqandda ilk bor  jigar transplantatsiyasi amaliyoti bajarilgani aytilgandi. Ammo ko‘p o‘tmay Kun.uz’ga bemor ham, donor ham shifoxonadan chiqmay vafot etgani haqida xabar kelib tushdi.

17 Avgust

Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish sentabr oyi oxiridan boshlanadi. Viloyatdagi bir qator tuman hokimliklari bu borada xabar tarqatdi. Xabarni Kun.uz manbalari ham tasdiqladi.

Ko`proq yangiliklar
Top