Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand markazida xalqlar do‘stligiga bag‘ishlangan muzeylar ochiladi
Samarqand shahrining Alisher Navoiy va Shohrux ko‘chalarida joylashgan, XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid bir necha obidalar muzeyga aylantiriladi. Ularda millatlararo do‘stlik va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik mavzulari ustuvor bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqin oylarda bir nechta xalqaro darajadagi tadbirlarga mezbonlik qiladigan Samarqand shahrida bo‘lib, bu anjumanlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
Rasmiy relizga aytilishicha, Samarqand shahrida XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid obidalar ko‘p. Alisher Navoiy hamda Shohrux ko‘chalaridagi shunday tarixiy binolarda millatlararo do‘stlik va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikka bag‘ishlangan muzeylar tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident bu rejalarni ma’qullab, muzeylarni mazmunan boyitish, hamkor mamlakatlar bilan yaqin munosabatlarni namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Samarqand tumanidagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi hududida joylashgan Kongress holl va mehmonxonalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.
“Mehmonxonalarning ikkitasi 5 yulduzli va oltitasi 4 yulduzlidir. Kongress xollning umumiy maydoni qariyb 6 ming kvadrat metr. U 3 500 kishini qabul qilish quvvatiga ega. Anjumanlar vaqtida ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun situatsion markaz ham tashkil etilgan.
Prezidentimiz bu yerda xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi”, – deyiladi xabarda.
Shu bilan davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi yakunlandi, prezident Toshkentga qaytib keldi.
Mavzuga oid
10:53 / 20.04.2026
Shavkat Mirziyoyev: Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin
11:22 / 10.04.2026
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda
11:40 / 17.11.2025
Samarqandda Damas-2 va Onix to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
15:37 / 02.11.2025