Samarqandda 17 yoşli ösmir Telegram messenjerida soxta aksiya ötkazib, odamlarning bank kartasidagi pullarni öğirladi.
IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berişiça, Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida yaşovçi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Telegram messenjeri orqali “Texnomart Aksiya” nomli profil egasi “Samsung A-72” rusumli telefon apparatini yutib oldingiz deb, firibgarlik yöli bilan “Humo” bank kartasida bölgan 1,5 million sömni yeçib olganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida surxondaryolik fuqaroning bank kartasidan firibgarlik yöli bilan pullarni yeçib olgan şaxs Samarqand viloyati, Narpay tumanida yaşovçi, 2005 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan S.U. ekani aniqlangan.
Suriştiruv davomida, S.U. surxondaryolik fuqarodan taşqari yana 27 nafar fuqaroning bank kartasidagi pullarni özlaştirib olgani foş etilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan uşbu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Andijon viloyatida yaşovçi 8-sinf öquvçisi Telegram messenjeri orqali Omad şou dasturida pul yutib olgani töğrisida xabar berib, şu yöl bilan fuqarolarning bank kartasidgi pullarni yeçib olgani xabar qilingandi.









