21 Dekabr

Sirdaryoda aholini suv bilan ta’minlash uchun ajratilgan 7 million dollardan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingan. Bu haqda viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ma’lum qildi.

20 Dekabr

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev 2021 yil yakunlari va 2022 yilgi rejalar bo‘yicha murojaatnomani taqdim etdi. Unda viloyat hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi faoliyati, tuman va shaharlarda ichki yo‘llar qurilishiga loqaydlik tanqid qilindi.

18 Dekabr

Sirdaryo viloyati aholisi 864 100 nafarni tashkil etib, jami aholining 49,7 foizi ayollar, 23,3 foizi (18-30 yosh) yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

17 Dekabr

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida qarzdorligi sabab avtomatik tarzda elektr energiyasidan uzilgan iste’molchi o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarmoqqa ulanib foydalanayotgani aniqlandi. Bu haqda «Sirdaryo HETK» Kun.uz’ga ma’lum qildi.

16 Dekabr

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 12 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida faoliyat olib borayotgan YPX xodimi «alkotester» o‘rniga stakandan foydalangani tasvirlangan videolavha tarqaldi.

Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida Sirdaryo viloyatida doimiy yashovchi jami 49129 nafar O‘zbekiston fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasporti, 27 417 nafar fuqaroga o‘rnatilgan nusxadagi identifikatsiya ID-karta rasmiylashtirildi. Bu haqda viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Behzod Bozorboyev ma’lum qildi.

15 Dekabr

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida «X.Sh.» MChJ rahbari tomonidan intensiv bog‘ tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonidan 202,2 ming metr kub qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib sotgani aniqlandi.

14 Dekabr

Sirdaryo viloyatida fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonini 70 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

13 Dekabr

Sirdaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida 2,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo HETK Kun.uz'ga ma'lum qildi.

12 Dekabr

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 13 dekabr kuni bo‘lishi kutilayotgan ob-havo haqida ma'lumot berdi.

1 Dekabr

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

29 Noyabr

Adliya vaziri buyrug‘i bilan Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Ko`proq yangiliklar
Top