Jamiyat | 14:26 / 16.12.2021
1939
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda «alkotester» o‘rniga stakandan foydalangan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 12 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida faoliyat olib borayotgan YPX xodimi «alkotester» o‘rniga stakandan foydalangani tasvirlangan videolavha tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida faoliyat olib borayotgan YPX xodimi O.Egamberdiyev Lacetti rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatgan va haydovchi spirtli ichimlik ichgan yoki yo‘qligini bir marotaba foydalaniladigan stakan orqali tekshirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. O‘rnatilgan tartibga zid ravishda xizmat olib borgan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari uchun eski namunadagi 7 dona va yangi namunadagi 16 dona, jami 23 dona spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlovchi «alkotester» moslamalari tarqatilgan.

Mavzuga oid