Sirdaryo viloyati Xovos tumanida aholini içimlik suvi bilan ta’minlaş loyihasini amalga oşiriş jarayonida 7 mln dollardan ortiq mablağ talon-toroj qilingan. Bu haqda viloyat hokimi Ğofur Mirzayev 20 dekabr kuni viloyat aholisiga murojaatida ma’lum qildi.

Joriy yilda Sirdaryo viloyatining içimlik suv bilan ta’minlanganlik va sifat darajasi past bölgan hududlariga prezident Şavkat Mirziyoyev taklifi va taşabbusi bilan Jizzax viloyatining Zomin tumanidan içimlik suv keltirilişi yölga qöyilgan.

«Sirdaryo viloyatining Xovos tumanini içimlik suv bilan ta’minlaş maqsadida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 7 million AQŞ dollaridan ortiq mablağ talon-toroj qilingan. Bunda viloyatning iqlimiga mos bölmagan, sifatsiz truba va suv quvurlari olib kelib örnatilgan. Uşbu mablağlar evaziga 126 000 nafar aholi içimlik suv bilan ta’minlanişi zarur edi», — dedi viloyat hokimi.

Şuningdek, Ğofur Mirzayev Sardoba suv omborida yuzaga kelgan suv toşqini oqibatlari haligaça bartaraf etilayotgan Sardoba tumanida quvurlarni almaştiriş işlari böyiça misol keltirdi.

«Sardoba tumanida steklopaket [stekloplastika bölişi kerak — tahririyat] quvurlarini yotqiziş işlari natija bermadi. Yaqindagina 7 kilometrlik suv quvurlarini boşqa quvurlarga almaştirdik», — deya ta’kidladi u.