13 Oktabr

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida ikkita xonadonning chorva molini o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi bu maktab filialini izlab topmadik. Shu yerlik aholi: “Bolalarimiz mana shu joyda o‘qiyapti” deyishganida, rosti, ishonmadik. Umuman, qarshimizda turgan bu binoda ta'lim berish mumkindir, ammo yuz yil avval shunday edi.

Bugun, 2021 yil 13 oktabr kuni Surxondaryo | Kun.uz telegram kanaliga Termiz tumanida joylashgan Bunyodkor mahallasidagi yo‘l, elektr va gaz bilan bog‘liq muammolar haqida aholi tomonidan yuborilgan tanqidiy murojaat joylandi.

12 Oktabr

Kun.uz tahririyatiga navbatdagi murojaat Termiz shahri Manguzar mahallasida yashovchi aholi tomonidan yo‘llandi. Murojaatda yozilishicha, mahalladagi yangi qurilgan 8 ta ikki qavatli uy kanalizatsiya tarmog‘iga ulanmagani uchun ularda yashovchi fuqarolar sarson bo‘lmoqda.

11 Oktabr

Surxondaryo viloyati Denov tumanida tadbirkordan 40 million so‘mlik kiyim-kechak olib pulini bermagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Termiz shahrida qarzdor ota farzandlariga aliment evaziga uy bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning mashinasidan pul va uyali telefon o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

10 Oktabr

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida boshqaruvni yo‘qotgan Nexia jarlikka qulagan. Oqibatda haydovchi vafot etgan, yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

9 Oktabr

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘zaro janjallashib tanishini pichoqlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

8 Oktabr

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi Guliston mahallasida bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi 9-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini borib ko‘rdi.

Joriy yil 4 oktabr kuni Boysun tumanida futbol bo‘yicha 2-liga ishtirokchilari «Boysun-1975» va «Qumqo‘rg‘on 1977» jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tgandi. O‘yinda «Boysun-1975» jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan va futbolchilar o‘rtasida ommaviy janjal kelib chiqqandi. Viloyat futbol assotsiatsiyasining xabar berishicha, ommaviy janjal keltirib chiqarganlarga chora ko‘rilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top