«Bu maktab 1979 yilda qurilgan. Binolar eski, xonalar kamligi tufayli talabga javob bermay qolgan. Öquvçi örni bor-yöği 250 ta.
Ta'lim sifati esa juda yaxşi. Öquvçilarning oliy ta'lim va ixtisoslaştirilgan maktablarga kiriş körsatkiçlari yuqori.
Qolaversa, atrofda yangi uylar qurilib, aholi soni köpayişi bilan maktabga talab oşib bormoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident uşbu muassasa örnida 1 ming 500 örinli zamonaviy maktab barpo etiş maqsadga muvofiqligini ta'kidladi.
«Mamlakatimiz bugun öz oldiga qöyayotgan maqsadlarni amalga oşiradiganlar - kadrlar. Muallimning obröyini kötarib, ta'limni töğri yölga qöymas ekanmiz, natija bölmaydi. Şuning uçun kelgusi beş yilda maktablarni ta'mirlaş va rekonstruksiya qiliş böyiça yangi Milliy dastur qabul qilinadi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari uşbu maktab öqituvçilari bilan suhbatlaşdi. Ular maktab ta'limini yaxşilaş va muallimlarni rağbatlantiriş böyiça takliflarini aytdi.

Şu yerda Surxondaryo viloyatida umumta'lim tizimini rivojlantiriş çoralari muhokama qilindi. Surxondaryo viloyatida 96 ming qöşimça öquvçi örni yaratiş rejalaştirilgan. Buning uçun 21 ta yangi maktab va 358 ta maktablarda yangi binolar quriladi, 116 ta maktab mukammal ta'mirlanadi. Axborot texnologiyalari, matematika, kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslaşgan 19 ta maktab taşkil etiladi.













