Murojaatda ma'lum qilinişiça, prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi «2017 — 2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida» PQ-2639-son qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Termiz tumani Manguzar mahallasi hududida 8 dona 16 xonadondan iborat 2 qavatli uy-joylar qurilgan. Keyinçalik mazkur uylar qurilgan mahalla Termiz şahar hududiga ötkazilgan.

Qayd etilişiça, mazkur uy-joylar markaziy kanalizatsiya tarmoğiga ulanmagani sababli, har biri 16 xonadondan iborat 2 qavatli uy uçun alohida maxsus çuqur (yama)lar taşkil qilingan. Uşbu çuqurlardagi oqova va çiqindi suvlarni xonadonlarda yaşovçi fuqarolar pul yiğib maxsus avtotransport vositalari orqali oğzaki kelişuvga asosan tozalatib kelişgan.

Murojaatçilarning yozişiça, bugungi kunda mazkur xonadonlarda yaşovçi ayrim fuqarolar puli yöqligini, uy böş turganini aytib pul bermayapti. Oqibatda çuqurlar tölib, oqova va çiqindi suvlar yer ustiga sizib çiqmoqda va undan taralayotgan ötkir badböy hid yon-atrofga taralib, odamlar salomatligiga salbiy ta'sir körsatmoqda.

Ta'kidlanişiça, bugungi kunda bu yerda aholi 1 metr kub suv uçun 1200 sömdan tölab kelmoqda. Faqat bir marta 2021 yilning fevral oyi oxirlarida «Viloyat suvoqova» xizmatidanmiz» deb bir şaxs kelib, 1 metr kub suv uçun 2000 sömdan tölaşsa oqova va çiqindi suvlarni öz vaqtida maxsus transport vositalari orqali tortib, tozalab ketişlarini aytgan. Biroq uşbu fuqaro şu bilan qaytib kelmagan.

Şundan söng aholi Surxondaryo suv ta'minoti MÇJ va Termiz şahar hokimligiga muammo yuzasidan murojaat qilgan. Murojaatga javoban Surxondaryo suv ta'minoti MÇJ Manguzar mahallasidagi 2 qavatli uylar kanalizatsiya tarmoğiga ulanmagani uçun aholi va uşbu taşkilot örtasida ikki tomonlama şartnoma tuzilişi lozimligi aytilgan.

Termiz şahar hokimligi esa Manguzar mahallasida joylaşgan 2 qavatli uylarni markazlaşgan kanalizatsiyaga ulaş loyihasi tayyorlaş jarayonida ekanini ma'lum qilgan. Şahar hokimligining javob xatida loyiha qaçon tayyor bölişi va qaçon amalga oşirilişi haqida aniq sanalar körsatilmagan.

«Atrof badböy hid bilan tölgani uçun kun-u tun derazalarimizni yopib yaşaşga majbur bölmoqdamiz. Holat yuzasidan bir neça marotaba viloyat, tuman mutasaddi rahbarlariga murojaat qildik, biroq murojaatlarimiz besamar ketmoqda. Uşbu jarayonni muvofiqlaştiruvçi, pul bermaydigan ayrim fuqarolarga nisbatan ta'sirçan çoralar köriş vakolatiga ega biror bir mutasaddi davlat idorasi topilmayapti. 3 yildan beri oğir ahvolda yaşab kelmoqdamiz.
Uşbu holat qaysi davlat idorasi zimmasiga yuklatilganligi, kimning nazoratida ekanligi, qonuniy yeçimi mavjudmi kabi savollar hali-hanuzgaça oçiqligiça qolib ketmoqda. Yuqoridagilardan kelib çiqib, mazkur holatning yeçimi yuzasidan vakolatingiz doirasida körib çiqilişi hamda qonuniy yeçim topilişida amaliy yordam berişingizni söraymiz», deyiladi murojaatda.
Öylaymizki, Termiz şahar hokimligi va tegişli taşkilot mutasaddilari Manguzar mahallasidagi 2 qavatli uylarda yaşovçi fuqarolar duç kelayotgan muammoning yeçimi çoralarini köradi.
Qarşi şahrida havoga qölansa hid çiqarayotgan korxona faoliyati vaqtinça töxtatildi
Sariosiyodagi bir mahalla muammolari: odamlar suvning boşida turib, toza suvga zor












