16 Mart

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 million 51 ming 734 tani tashkil etmoqda.

Ohangaron daryosidagi suv odatdagidan ko‘proq hajmda oqayotganligi sababli, ko‘prikka o‘z ta’sirini ko‘rsatib, qirg‘oqning yuvilishiga olib kelgan.

15 Mart

YHXXning xabar berishicha, 2022 yil 15 mart kuni soat 13:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, „Aqcha“ MFY hududidan o‘tuvchi "A-373-M-39-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh" avtomobil yo‘lida haydovchi,

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishi natijasida sodir bo‘lgan tuproq ko‘chishi sabab avtomobillar harakati vaqtincha cheklangan edi.

«Angren-Pop» elektrlashtirilgan temiryo‘lining Namangan viloyati hududidan o‘tgan 71 km qismida ko‘p yog‘ingarchiliklar sababli temiryo‘l liniyalari oldiga tog‘dan tosh uyumlari ko‘chib tushgan. 

Yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishi oqibatida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida tuproq ko‘chishi sodir bo‘lib, yo‘l qatnov qismida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi.

So‘nggi kunlarda muntazam yog‘ayotgan yomg‘irlar tufayli Toshkent viloyatining qator ko‘chalarini suv bosdi. Ayrim tumanlarda esa xonadonlarga ham suv kirgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi 15 dona uskunani olib berishni va’da qilib, oilaviy korxonaga ajratilgan 230 mln so‘m kredit talon-taroj qilingan.

13 Mart

Toshkent viloyati Angren shahrida FVB xodimlari soy o‘zanida qolib ketgan fuqaroni qutqardi.

12 Mart

Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilingach, 12 mart kuni soat 09:00dan dovonda avtomobillar harakati to‘liq to‘xtatilgan edi. Shu sababli yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilar uchun poyezd tashkillashtirildi. Keyingi soatlarda dovonda 5ta qor ko‘chkisi kuzatilgan.

Qamchiq dovoniga harakatni vaqtinchalik cheklash uchun Toshkent viloyatining ayrim hududlarida postlar tashkil etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top