Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida temiryo‘l va avtomobil yo‘li chetiga tosh-tuproq massasi ko‘chishi sodir bo‘ldi
Yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, soat 10:30 larda Qamchiq Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga Angren – Pop elektrlashtirilgan temiryo‘lining 71-kilometri va A-373-avtomobil yo‘li Toshkent – Vodiy yo‘nalishining 232,2-kilometrida yo‘l chetiga tosh-tuproq massasi tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVVning Qamchiq MQYoQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlari yetib borib, vaziyatni o‘rgangan.
Hozirda hududlarda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgan.
Mavzuga oid
11:13 / 13.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga elektropoyezdda bordi
19:11 / 11.07.2026
Qamchiq dovonida “Lasetti” yonib ketdi
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026