O‘zbekiston | 14:50 / 25.12.2021
4042
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Ahror Mansurov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Ahror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2013 yili Mingbuloq tuman davlat notarial idorasi notarius yordamchisi vazifasidan boshlagan.

U 2019 yildan shu kunga qadar Prezident Administratsiyasi yetakchi inspektori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Musayev Uychi tumani hokimi etib tayinlangandi.

Mavzuga oid