Namangan viloyatida joylaşgan Axsikent qörğonidan noyob qurilmalar topilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, arxeologlar tranşeya qaziş jarayonida kengligi 2,3 metrlik zinapoyaga, söng yer tubi tomon 4 metr qazilganda sirli yölakning bus-butun arkalariga duç kelgan.
Bu yerdan 10 ming kubometr tuproq çiqarilgaç, yölakning 12 poğonasi oçilgan. Aynan şu nuqtadan 7 metr şarqda qadimşunoslar yana ikkita noyob yerosti yöllariga duç kelgan. Taxminlarga köra, har ikki arkasimon yölak, dastlabki topilgan katta yölga boğlanadi.
Topilgan barça yölaklar butun, arkasimon holda, metro uslubida nafislik bilan pişiq ğiştdan bunyod etilgan.
Hozirda italyança deya ta’riflangan rakovina, yerosti, pol osti isitiş tizimi, nafis sopol quvurlari bilan butun holatda topilgan qöl yuviş vositalari ham aynan şu obektdan 2024 yilgi qazuvlar jarayonida topilgan.





- Bu obektning ustini oktyabr oyida uzil-kesil yopişimiz kerak. Agar quruvçilar bunga ulgurmasa, yana tuproq taşlab konservatsiya qilişimizga töğri keladi. Obekt öta noyob, - deydi Axsikent ekspeditsiyasi rahbari, professor Abdulhamid Anorboyev.
Ta’kidlanişiça, hozirda Axsikent qörğonida muzeylaştirilayotgan qismlar quyidagilardan iborat:
1. XVIII qazuv obekti – 10-12-asrlarda faoliyat yuritgan yerosti suv inşootining kuzatuv punkti, birinçi şahristonning 13-asr boşlariga oid Xorazmşohlar davrida qurilgan mudofaa devori va turar joy qoldiqlari
2. XI qazuv obekti – 11-12-asrlarga oid pişiq ğiştdan qurilgan gumbazli tagxona va mahobatli turar joy qoldiqlari, Farğona vodiysida ilk bor topilgan Qoraxoniylar davri devoriy rasm namunalari hamda yuqorida qayd etilgan yerosti inşootlari va nodir qurilmalar mavjud












