Namangan viloyatida özganing fotosuratlarini internetda tarqatişini aytib fuqarodan pul talab qilgan şaxs uşlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Andijon viloyatida yaşovçi J.D. IIBga murojaat qilib, özining boşqalarga körsatib bölmaydigan rasmlarini Telegram’da tarqatib yubormaslik evaziga noma’lum şaxs 17 mln söm talab qilayotganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yaşovçi R.O. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvçi R.O., jabrlanuvçi J.D. tomonidan avval foydalanilgan va hozirda Telegram messenjeri faol bölgan telefon raqamini sotib olgan.

Söng jabrlanuvçining Telegram akkauntiga yaşirin tarzda ikkinçi foydalanuvçi sifatida ulanib, 17 mln söm bermasa akkauntdagi rasmlarini tarqatib yuboriş bilan qörqitgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan R.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.