Jahon | 17:42 / 27.03.2019
30435
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi masjidga aylantiriladi

Foto: Diken

Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxona-muzeyining masjidga aylantirilishi AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti va Jo‘lan tepaliklarini Isroilga tegishli deb tan olish haqidagi qaroriga javob bo‘ladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

"Biz Avliyo Sofiyaga kirishni bepul qilib qo‘yishimiz mumkin, ammo faqat bunigina qilmaymiz. Munitsipal saylovlardan so‘ng Avliya Sofiyaning asl maqomini qaytaramiz. Bu nima degani? Biz muzeyning maqomini masjidga o‘zgartiramiz. Hozirda Tramp Quddusni Isroilning poytaxti deb e'lon qildi. Shundaymi? Jo‘lan tepaliklarini bosqinchi Isroilga berdi. Sizlar Turkiyadan javob olasizlar", - deya Turkiya rahbaridan iqtibos keltiradi agentlik.

24 mart kuni Erdo‘g‘an Turkiya hukumati Avliyo Sofiya ibodatxonasiga kirishni bepul qilishi mumkinligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "barcha dindagi turistlar uning yonginasida joylashgan Moviy masjidga bepul kirishlari mumkin, shuning uchun Avliyo Sofiya bilan ham xuddi shunday qilsa bo‘ladi".

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Yorgos Katrungalos Afina Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasining masjidga aylantirilishi g‘oyasini xristianlar va xalqaro hamjamiyat uchun haqorat deb hisoblashini bildirdi.

Hozirda unga kirish 60 turk lirasini ($10) tashkil etadi.

Avliyo Sofiya ibodatxonasi 532-537 yillarda imperator Yustinian buyrug‘i bilan qurilgan. 1453 yilda Vizantiya imperiyasi qulaganidan so‘ng ibodatxona masjidga aylantirilgan. 1935 yilda Mustafo Kamol Otaturk imzolagan dekretga muvofiq u muzeyga aylantirilgan.

Mavzuga oid