Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda mingdan ziyod mahbus amnistiya akti tufayli ozodlikka chiqarildi
Qirg‘iziston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatdagi mingdan ziyod mahbus amnistiya akti tufayli ozodlikka chiqarildi. Bu haqda hukumat ma'lumotiga asoslanib, davlat jazoni ijro etish xizmati ma'lum qilmoqda.
"Davlat jazoni ijro etish xizmati Qirg‘iziston Respublikasining “Qirg‘iziston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini va 1916 yilgi milliy ozodlik harakatining 100 yiligi munosabati bilan amnistiya e'lon qilish to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirdi. Ushbu qaror ijrosi natijasida jazoni o‘tash muassasalaridagi 1277 mahbus ozod etildi", — deyiladi xabarda.
Qarorga binoan 1 ming 163 kishining jazo muddati qisqartirilgan. Shuningdek, manbaning ta'kidlashicha, 927 nafar mahbusga nisbatan jinoyat-ijroya inspeksiyasida amnistiya akti qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
14:16
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026