Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston–Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Yetakchilar o‘zaro savdo hajmi oshib borayotganini, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalari faol ilgari surilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shuningdek, tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi loyihasi muhokama markazida bo‘ldi.



Uchrashuv yakunida yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.