Janubiy Koreya Shimoliy Koreyadan qochib o‘tganlarga mukofot pulini oshirdi
Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyadan qochib o‘tib, Kim Chen In boshqaruvi haqida ma'lumot taqdim qilganlarga mukofot pulini 4 marta oshirdi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Mukofot puli anchaginani – 1 mlrd vonni (860 ming dollarni) tashkil qiladi. Bungacha mukofot pulining maksimal miqdori 250 million vondan oshmagan edi.
Ta'kidlanishicha, bunday qaror Janubiy Koreya xavfsizligini oshirishga qodir bo‘lgan ma'lumot olishga qaratilgan.
"Shimoliy koreyaliklar qochmasligining asosiy sabablaridan biri Janubiy Koreyaga kelgach pul topa olmasliklaridan qo‘rqishlari hisoblanadi. Rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar ularning bu xavotirlariga barham berishi mumkin", deb aytgan agentlik manbasi.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024