Xöş, «Pandora qutisi» nima?
Garçi «Pandora hujjatlari»da quti sözi keltirilmasa-da, aslida Pandora va quti sözlari hamişa birgalikda keladi hamda bu afsonalarga qorişib ketgan azaliy atamadir. Insoniyat bu atama qaçon öylab topilganini bilmaydi, lekin uning qisqa mazmuni şuki, Pandora qutisi topilsa va oçilsa, yovuzlikka qorişgan ulkan qudrat undan çiqib ketadi va borliqni ağdar-töntar qilib taşlaydi.
Vaqti-vaqti bilan oşkor qilib turiluvçi «Pandora hujjatlari» mualliflari ham bu ramziy nomdan ustalik bilan foydalanişgan va şundoq ham katta qiziqişga sabab böladigan dunyoviy korrupsiyaga oid xabarlar yanada köproq şov-şuv bölişiga erişişgan.
Aslida, «Pandora qutisi» degan atamaning özi notöğri. Umuman, odatda e'tiqodga zid keluvçi qadimgi yunon mifologiyasiga köra Pandora zamindagi dastlabki ayol bölib, u öz qölida jom, ya'ni idiş bilan kelgan. Idişni oçib yuboriş orqali Pandora Yer yuzi böylab qator yovuzliklarni tarqatib yuboradi va uning tubida faqat bir ezgulik – umid qoladi. Bu haqda qadim yunon şoiri Gesiod özining «Mehnat va hayot» dostonida kuylaydi.
Ammo keyinçalik odamlar jom, ya'ni idiş atamasidan voz keçib, qutini qöllay boşlaydilar va «Pandora jomi» «Pandora qutisi»ga aylanadi. Dostondagi boşqa jihatlar unutiladi va juda köpçilik allaqayerda «Pandora qutisi» mavjudligiga, u topilsa va oçib yuborilsa, dunyo ostin-ustun bölib ketişiga işonib yaşaydi.
Bugun bevosita köpçilikni qiziqtirayotgan «Pandora hujjatlari» nomi ham turliça – «Pandora dosesi», «Pandora arxivi» kabi variantlarda ham qöllanadi.
«Pandora hujjatlari» Xalqaro jurnalistlar konsorsiumining köp yillik mehnatiga asoslangan bölib, unda davlat rahbarlari yoki ularning oila a'zolari, yirik amaldorlar, soyadagi şaxslarning offşor kompaniyalar orqali yirik korrupsion sxemalari foş qilinadi. Aksariyat hollarda bu hujjatlar rad etib bölmas dalillarga tayanmaydi va odatda taxminlar maqomida böladi. Lekin şunga qaramay uni tayyorlagan jurnalistlar ham, ma'lumotlar manbalari ham sir saqlanadi. Taxminlarga köra manbalar bu şaxslarning içki duşmanlari, hakerlar va ma'lum haq evaziga ma'lumot sotuvçi bankirlardir.
«Pandora hujjatlari»da 11,9 million hujjatlar, 2,9 terabayt ma'lumot jamlangan. Arxivda soliqlardan qoçilgan va yuvilgan kamida 32 trillion dollar mablağ haqida söz boradi va bunga köçmas mulk, zargarlik buyumlari, san'at asarlari, yaxtalar hamda qimmatbaho avtomobillar kabi boyliklar kiritilmagan.
Bu arxivda 35 davlatning amaldagi yoki sobiq rahbarlari hamda 100dan ortiq mamlakatning 400 nafardan ortiq rasmiy şaxslari, 100 nafardan ortiq milliarder va 29 mingdan ortiq offşor hisob raqamlari haqida söz boradi.













