Andrey Babiş muxolifatni ğalaba bilan tabrikladi va agar prezident bu haqda sörasa, yangi hukumatni şakllantiriş böyiça muzokaralarga rahbarlik qilişga tayyorligini ma'lum qildi.
Ovozlarni hisoblaş natijalariga köra, ANO 27,14 foiz ovoz töplagan.
Deputatlar palatasiga «Birgalikda» («Vmeste») koalitsiyasi birinçi örin bilan ötgan (uning tarkibiga öng qaraşlarga ega Fuqarolik demokratik partiyasi, xristian demokratlar partiyasi va «An'anaviy farovonlik mas'uliyati 09» partiyasi kiradi). Bu koalitsiyaning natijasi - 27,78 foiz.
Söl liberallarning Qaroqçilar partiyasi markazçilar harakati - «Keksalik va mustaqillik» hamda «Erkinlik va aniq demokratiya» partiyasi bilan taşkil qilgan koalitsiyasi ham parlamentga ötgan. Ular 15,6 foiz ovoz töplagan.
Kommunistik partiya 4 foizdan ortiqroq ovoz töpladi, ammo parlamentga kiriş uçun zarur bölgan 5 foizlik tösiqdan öta olmadi.
Saylovda davomat 65,48 foizni taşkil etdi, bu 2017 yildagidan yaxşiroq, öşanda saylov uçastkalariga saylovçilarning 61 foizga yaqini kelgandi.

Andrey Babiş yetakçiligidagi ANO harakati saylovoldi reytingida 22 partiya va birlaşma içida birinçi edi. Ammo, yakunda eng köp ovozni, ustunlik juda minimal bölsa-da, «Birgalikda» koalitsiyasi qölga kiritdi.
Katta ehtimol bilan natijalarga Pandora Papers ham ta'sir körsatgan.
Katta siyosatga mamlakatda korrupsiyaga qarşi ayovsiz kuraşişini va'da qilgan holda qadam qöygan Babiş muqaddam biznes bilan şuğullangan. «Pandora» hujjatlari böyiça 2009 yilda u Britaniyaning Virjiniya orollarida Blakey Finance Limited kompaniyasini röyxatdan ötkazgan. U boşqa kompaniyalarga 15 million yevro miqdorida kredit ajratgan, bu pullar evaziga Babiş Fransiyaning Tulona şahridan köçmas mulk sotib olgan. Babiş deklaratsiyalarida qasr va Fransiyada yana boşqa villalari borligini bildirgan. Biroq u deklaratsiyalarda Blakey Finance Limited ofşorini keltirmagan, şu sababli 15 million yevroning qayerdan kelib qolgani hanuz noma'lum edi. Babiş «Pandora hujjatlari» e'lon qilinganidan keyin ayblovlarni rad etib, bu saylovlar arafasida uni obrösizlantiriş uçun amalga oşirilgan harakat ekanini aytdi va bu pullar Çexiyadagi biznesi mahsuli ekani va ular uçun davlatga soliqlarni tölaganini ma'lum qildi.















