Pandora hujjatlarining Özbekistonga aloqador qismlari ham oçiqlanmoqda. Ulardan biri telekommunikatsiya sohasidagi konsultant, Boris Jonsonning boş vazir böliş kampaniyasini moliyalaştirgan Konservatorlar partiyasining yirik donori Muhammad Amersi bilan boğliq. BBC bu boradagi ma’lumotlarini e’lon qildi.

Illyustratsiya: Guardian Design/Martin Godwin; Yves Forestier/Getty Images; Reuters

Qayd etilişiça, 2010 yilda Şvetsiyaning Telia kompaniyasi maslahatçisi bölib işlagan Muhammad Amersi offşor şirkatga 220 million dollar tölov ötkaziş jarayonida iştirok etgan. Uşbu offşor şirkatni esa Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova nazorat qilgan. AQŞ hukumati uşbu tölovni «220 million dollarlik pora» sifatida e’tirof etgan. Telia öşa paytda Özbekistondagi faoliyati uçun yangi ruxsatnoma olişga intilayotgan bölgan.

Uşbu harakat AQŞ Adliya vazirligi tarafidan Telia şirkati va uning ba’zi mulozimlariga qarşi qözğatilgan işning bir qismi sifatida ham köriladi. Ammo uşbu iş 2017 yilda sudga ötmasdan töxtatilgan. Bunga Telia kompaniyasining korrupsiyaga doir qonunlarni tan olgani va 965 million dollar jarima tölaşga rozilik bergani sabab bölgan.

Telia rasmiylari Şvetsiyada Gulnora Karimova bilan noqonuniy muomala qilişda ayblangan, ammo sud bu işda mamlakatning poraxörlik töğrisidagi qonunlari buzilmagan deb topib, kompaniyani oqlagan.

Ayblovlarga javoban, Amersining advokatlari korrupsion tölovlar amalga oşirilgani haqidagi gaplar asossizligi, kelişuvning Telia tarafidan sinçkovlik bilan tekşirilib, ma’qullangani va ayblovlarga asos yöqligi, Amersining loyihada atigi olti hafta işlaganini keltirişgan.

BBC tomonidan olib borilgan suriştiruvlarga köra esa u 2007−2013 yillarda Şvetsiya kompaniyasining Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlaridagi faoliyatiga hamrohlik qilgan.

Muhammad Amersi aslida kim?

Muhammad Amersi Boris Jonson bilan / Guardian

Buyuk Britaniya fuqarosi hisoblangan Amersi Keniyada tuğilgan, asli kelib çiqişi Hindiston va Eronga borib taqaladi. Britaniyaning Şeffild va Kembrij universitetlarida tibbiyot hamda huquqşunoslik yönalişlarida ta’lim olgan. Xayriya jamğarmasi veb-sahifalarida özini «global aloqa tadbirkori, xayriyaçi va ğoyaviy yetakçi» sifatida ta’riflagan. Köplab çiqişlari va nutqlarida korrupsiyani qattiq tanqid qilgan.